Guruh haqida
Family Park — oila va yashil muhit g‘oyasi
Qurilishdagi yo‘limiz 2018-yilda Buxoroda boshlangan. 2021-yildan Family Park nomi va yangilangan jamoa bilan faoliyatimizni davom ettirdik. Oilalar uchun qulay uylar va yashil muhit yaratish g‘oyasi bizni birlashtiradi.
Tarix va Family Park nomi
- 2018Buxoroda qurilish yo‘li boshlandi
- 2019Birinchi uy foydalanishga topshirildi
- 2020Ko‘ngilli daraxt ekish; missiya, qadriyatlar va strategiya
- 2021Family Park nomi va yangilangan jamoa
- 2022«Yangi Sharq» yonidagi kichik bog‘
- 2026Family Park Support ish boshladi
Qurilishdagi yo‘limiz 2018-yilda Buxoro shahri, B. Naqshband ko‘chasidagi «Yangi Sharq» turar joy majmuasi qurilishidan boshlangan. Birinchi uyimiz manzili — B. Naqshband ko‘chasi, 155/1. Dastlab «Bunyodkor» nomi bilan ishlaganmiz. Keyin o‘z qarashlarimizni aniqroq ifodalaydigan nom izlay boshladik.
Daraxtlarning kesilishi va shaharlarda yashillikning kamayishi bizni ham tashvishga solardi. Qurilishda oilalar uchun qulaylik yaratish va yashil muhitga e’tiborni birlashtirishni istardik. Xaridorlarimizning ko‘pchiligi oilalar edi. Yangi nomda shu ikki ma’no mujassam bo‘lishini xohladik.
2018-yildagi Gretsiya safari bu g‘oyaga ilhom berdi. Asoschimiz to‘xtagan mehmonxonadagi yashillik, bino rangi va me’morchilikning uyg‘unligi unda shunday muhitni o‘zimizda ham yaratish istagini kuchaytirdi: ko‘kalamzor hovlilar, uy atrofidagi yashillik va oilaviy hayot uchun qulay makon.
Shu izlanishlardan Family Park nomi shakllandi. «Family» — biz uy qurayotgan oilalarni, «Park» — yaratishni istagan yashil muhitimizni ifodalaydi.
Family
— oila
Ko‘p xaridorlar oilalar bo‘lgani va ular uchun muhit yaratish niyati.
Park
— yashil muhit
Ko‘kalamzor hovli, uy atrofida yashillik va tabiat bilan uyg‘unlikka intilish.
Yashil muhit g‘oyasi 2020-yilda Buxoroda ko‘ngilli daraxt ekish ishlarida amaliy davomini topdi. Asoschimiz ko‘ngillilar kerakligi haqidagi e’lonni ko‘rib, tashabbus guruhiga qo‘shildi. Uning aytishicha, guruh bu ishni hozir ham davom ettirmoqda. Asoschimiz guruh ishlaridan tashqari ham har yili daraxt ekadi va bir nechta kichik bog‘ yaratishda ishtirok etgan.
2020-yilda jamoamiz bilan missiya, qadriyatlar va strategiyani ishlab chiqdik. 2021-yildan yangilangan jamoa va Family Park nomi bilan faoliyatimizni davom ettirdik.
2022-yilda Buxoro shahri, B. Naqshband ko‘chasidagi «Yangi Sharq» majmuasi yonida kichik bog‘ barpo etdik. Ilgari bu yerda ko‘p chiqindi to‘plangan edi. Taxminan bir metr qalinlikdagi tuproq qatlamini olib tashlab, o‘rniga sifatli tuproq keltirdik, 120 tup qayrag‘och ekdik va sug‘orish tizimini o‘rnatdik. Asoschimiz shu bog‘ning parvarishi va sug‘orilishini bugun ham davom ettirmoqda. Boshqa kichik bog‘larni avval o‘zimiz parvarishlaganmiz; keyinchalik ularga qarashni Buxoro shahrining ko‘kalamzorlashtirish bo‘limi o‘z zimmasiga olgan.
2019–2026-yillarda jami 497 ta xonadondan iborat 13 ta turar joy uyini foydalanishga topshirdik.
2026-yil may oyida Family Park Support uylarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Bugun birinchi qurgan uyimizga xizmat ko‘rsatamiz, ofisimiz ham shu yerda joylashgan. Bu uy bizning tariximiz boshlangan va hozir ham faoliyatimiz davom etayotgan manzildir.
Missiya va qadriyatlar
Missiyamiz
O‘zbekiston oilalari baxtli yashashlari uchun qulay va xavfsiz muhit barpo qilamiz.
Qadriyatlarimiz
- Oila
- Xavfsizlik
- Qulaylik
- Obro‘
- Doimiy rivojlanish
Asoschi
Family Park g‘oyasi oila va yashil muhitni birlashtirish istagidan tug‘ildi. Biz oilalar uchun qulay uylar va ko‘kalamzor hovlilar yaratishni istaymiz. Men uchun qurilishdan keyingi g‘amxo‘rlik ham muhim. Shu maqsadda uylarni boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ydik.
Loyihalar va natijalar
2018
yildan beri Buxoroda qurilish bilan shug‘ullanamiz
13 ta
turar joy uyi foydalanishga topshirilgan
497 ta
xonadon foydalanishga topshirilgan, 2019–2026
24/7
Family Park Support murojaatlarni qabul qiladi